Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 204 tasi qo‘shma va 13 391 tasi xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.

O‘zbekistondagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Xitoy — 4 731 ta;

Rossiya — 3 177 ta;

Turkiya — 2 090 ta;

Qozog‘iston — 1 185 ta;

Janubiy Koreya — 683 ta;

Afg‘oniston — 636 ta;

BAA — 396 ta;

Tojikiston — 379 ta;

Hindiston — 356 ta;

AQSH — 328 ta.

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ularning taqsimoti quyidagicha:

Savdo — 6 286 ta;

Sanoat — 3 647 ta;

Qurilish — 1 358 ta;

Axborot va aloqa — 1 354 ta;

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 725 ta;

Tashish va saqlash — 572 ta;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 437 ta;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 206 ta;

Boshqa turlar — 3 010 ta.

money_p33931