Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 4,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 72 ming tonna sement import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 548,1 ming tonnaga yoki 8,6 barobarga kamaygan.

2025-yilning 9 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p sement yetkazib bergan davlatlar:

Qozog‘iston – 33 739 tonna;

Eron – 31 218 tonna;

Qirg‘iz Respublikasi – 2 653 tonna;

Tojikiston – 2 516 tonna;

Rossiya – 1 152 tonna;

Boshqa davlatlar – 755 tonna.

c