Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 62 209 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni quyidagicha:

Toshkent shahrida – 14 000 ta;

Toshkent viloyatida – 6 367 ta;

Xorazm viloyatida – 5 632 ta;

Farg‘ona viloyatida – 4 920 ta;

Samarqand viloyatida – 4 762 ta;

Qashqadaryo viloyatida – 3 698 ta;

Surxondaryo viloyatida – 3 604 ta;

Buxoro viloyatida – 3 410 ta;

Andijon viloyatida – 3 382 ta;

Namangan viloyatida – 3 138 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2730 ta;

Jizzax viloyatida – 2 705 ta;

Navoiy viloyatida – 2 218 ta;

Sirdaryo viloyatida 1 643 ta.

k