Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablagʻlarni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirgan investitsiyalari ulushi 27,5 % ni tashkil etdi.

Mazkur koʻrsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Jizzax viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarg 45,8 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, Toshkent shahrida 38,9 %, Toshkent viloyatida 35,7 % va Samarqand viloyatida 31,3 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirildi.
Axborot xizmati


