Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar–oktabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 66,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 mlrd AQSH dollariga yoki 21,5 % ga oshgan.

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport – 29 mlrd (+27,8 %)

Import – 37,5 mlrd (+16,9 %) AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston tashqi savdo hamkor davlatlari soni 210 taga yetdi.

Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (19,7 %), Rossiya (15,9 %), Qozogʻiston (5,9 %), Turkiya (3,7 %) va Koreya Respublikasi (2,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

ts_p66146