Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 6,5 mln tonna koʻmir qazib olingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 mln tonnaga oshgan.

Mazkur davrda ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Avtomobil benzini – 974,7 ming tonna

Dizel – 978,1 ming tonna

Neft – 547,3 ming tonna

Tabiiy gaz – 35,5 mlrd kub.m

Gaz kondensati – 930,9 ming tonna

Avtomobil dvigatellari – 200 679 dona

Yuk avtomobillari – 3 573 dona

Yengil avtomobillar – 370 000 dona

kmir_p12985