Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 818,5 trln so‘mni tashkil etdi (norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari hisobga olingan holda).

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,4 % ga oshdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-sentabr):

2025-yil — 818,5 trln so‘m

2024-yil — 657,4 trln so‘m

2023-yil — 515,9 trln so‘m

2022-yil — 296 trln so‘m

2021-yil — 230,8 trln so‘m

khizmatlar_p16010