Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng yuqori – 68,9 % ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 7 % ga oshgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:

- bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi - 170,5 trln so‘m

- fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishi - 51,6 trln so‘m

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi – 25,3 trln so‘m

qurilish_p59208