Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, respublikada 58,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 11,7 mingta
- boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 8,2 mingta
- kiyim ishlab chiqarish – 5,8 mingta
- tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 4,7 mingta
- mebel ishlab chiqarish – 4,0 mingta
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3,6 mingta
- rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 2,8 mingta



