Davlat statistika qo‘mitasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vebinar tashkil etildi.

Yurtimizdagi manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ish haqi va mehnat bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning to‘liqligi hamda haqqoniyligini ta`minlash, ma`lumotlar bazasini integratsiya qilish orqali idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida fikr almashildi.

Vebinarda Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassislari mavzu yuzasidan so‘z yuritdi.
Mehnat statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning yanada haqqoniyligi hamda to‘liqligini ta`minlash maqsadida ma’lumot to‘plashni yaxshilash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mehnat bozori va ish haqi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘zaro elektron axborot almashish yo‘li bilan taqdim etish imkoniyatlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Axborot xizmati


