Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020- yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 % ga (2019- yilning 9 oyligida – 5,9 % ga) o‘sdi.
Joriy davrda YaIM o‘sishida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining hissasi eng yuqori bo‘ldi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 3,4 % ga oshgan holda, YaIMning 0,8 % punktga o‘sishini ta'minladi.
Qurilish tarmog‘ida 8,6 % ga yuqori o‘sish sur'atlari kuzatilgan bo‘lsada, YaIM o‘sishidagi hissasi 0,5 % punktni tashkil etdi.

Sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmlarining 2,7 % ga kamayishi ta'sirida YaIM hajmining 0,7 % punktga kamayishi kuzatildi.
Shuningdek, xizmatlar sohasida kuzatilgan 0,7 % ga kamayish YaIM o‘sishiga -0,2 % punkt salbiy ta'sir ko‘rsatdi.
Mahsulotlarga sof soliqlarning 0,6 % ga kamayishi, YaIM o‘sishiga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatmadi va -0,04 % punktni tashkil etdi.
Axborot xizmati


