Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 741,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi:

— ishlab chiqarish sanoati – 741,5 trln so‘m (85,6  %)

— tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 63,3 trln so‘m (7,3 %)

— elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 56,1 trln so‘m (6,5 %)

— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 4,9 trln so‘m (0,6 %).

photo2022-05-3017-10-10-1_p44153