Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 40,8 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 ming nafarga yoki 12,3 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 38,6 ming nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1,2 ming nafar;

xizmat yuzasidan – 850 nafar;

o‘qish – 86 nafar;

davolanish – 3 nafar;

tijorat – 2 nafar.

italiya_p13254