11/11/2020

2020- yil 1 oktabr holatiga ko'ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24 824,3 ming birlikni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga yoki 1 598,1 ming birlikka o‘sgan.

Shu jumladan, aholida orasidagi abonentlar soni 23 363,0 mingni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga yoki 852,2 ming birlikka yuqori bo‘ldi.

Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, mobil aloqa tizimiga ulangan eng ko'p abonentlar soni Toshkent shahri (4 847,8 ming abonent), Farg’ona (2 832,5 ming abonent), Samarqand (2 313,6 ming abonent) va Andijon (2 095,7 ming abonent) viloyatlarida qayd etilmoqda.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech