Mamlakatimizda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Joylarda tadbirning ikkinchi bosqichida uyma-uy yurib ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshiradigan jamoa — “Mahalla yettiligi” aʼzolari uchun o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida Milliy statistika qo‘mitasidan biriktirilgan masʼul vakil ishtirokida shu kabi o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

photo_5251551981812256121_y_p98994

photo_5251551981812256122_y_p14593

photo_5251551981812256123_y_p30661

photo_5251551981812256124_y_p56942

photo_5251551981812256125_y_p51272

Unda “Mahalla yettiligi” aʼzolariga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, fuqarolar bilan muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, maʼlumotlarni elektron tizimga xatosiz kiritish, shakllarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda shu kabi boshqa muhim mavzular bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu o‘quv seminarlari “Mahalla yettiligi” aʼzolarining masʼuliyatini yana-da oshirish, ularni ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorlash va tadbirni sifatli tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.