2026- yil 15- yanvar - 28- fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Toshkent viloyatining Parkent tumanida bir qator tayyorgarlik tadbirlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Ushbu bosqich doirasida bevosita uyma-uy yurib aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga jalb etilgan "mahalla yettiligi" a’zolari uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

photo_5258085060861169205_y_p64260

photo_5258085060861169207_y_p35453

photo_5258085060861169208_y_p64302

Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, fuqarolar bilan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish, ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirish tartibiga rioya qilish va boshqa tayyorgarlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘quv seminarlari "mahalla yettiligi" a’zolarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ularni ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorlash va barcha tadbirlarni samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.