Joriy yilning 15-dekabr kuni Milliy statistika qoʻmitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida IOM tomonidan elektron jihozlar — noutbuklar, planshetlar va boshqa texnik vositalar taqdim etildi. Mazkur jihozlar aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirida onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarni ragʻbatlantirish, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Eng yaxshi targʻibot materiali” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash uchun yoʻnaltiriladi.




