Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 71 946,2 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 52,1 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 57 142,0 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 41,4 %) va boshqa xarajatlarga 9 018,4 mlrd. so‘m (6,5 %) o‘zlashtirildi.
Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida kuzatildi – 59,0 % yoki 5 105,6 mlrd. so‘m.
Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Jizzax viloyatida kuzatilib, 25,0 % ni yoki 1 706,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va mos ravishda, ushbu hududda mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 72,5 % yoki 4 956,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati


