Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 818,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
Moliyaviy xizmatlar — 124,5 %
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 119,6 %
Ijara xizmatlari — 119,4 %
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,4 %
Me’morchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 114,6 %
Transport xizmatlari — 113,4 %
Savdo xizmatlari — 113,0 %
Boshqa xizmatlar — 112,9 %
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 112,4 %
Shaxsiy xizmatlar — 111,6 %
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 111,4 %
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 108,8 %
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 106,8 %



