11/11/2020

2020- yil 11- noyabr kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida Jahon banki bilan hamkorlikda “O’zbekiston fuqarolarini tinglab” va “COVID-19ning O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari” mavzusiga doir so’rovnomalar natijalariga bag’ishlangan vebinar tashkil qilindi.

Vebinarda Taraqqiyot strategiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Jahon banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakillari ishtirok etdi.

Onlayn tashkil qilingan ushbu uchrashuvda Covid-19ning kichik va o’rta biznesga ta’siri, kambag’allikni qisqartirish, pandemiya sharoitida mahalla raislari orasida o’tkazilgan so’rovnomalarning natijlari hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Vebinarda Davlat statistika qo’mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yuldoshev, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Jahongir Qambarov ishtirok etishdi.

Jahon banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakillari tadbir so’nggida mahalla raislar va biznes vakillari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar natijalari hamda mazkur uchrashuvdan olingan takliflardan kelib chiqib, pandemiya oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’kidladi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech