Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2019/2020 o‘quv yili boshida jami oliy ta'lim tashkilotlari soni 119 tani tashkil etgan. Mazkur oliy ta'lim tashkilotlarida jami 441,0 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
2019/2020- o‘quv yili boshida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari soni 24 tani tashkil etib, ularda jami 20,2 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Bu jami talabalarning 4,6 % ni tashkil etadi.
Mamlakatimizdagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari jami oliy ta'lim tashkilotlarining 20,2 % ni tashkil etadi.


Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari soni yillar kesimida:
2015 yil - 10 ta;
2016 yil - 10 ta;
2017 yil - 10 ta;
2018 yil - 14 ta;
2019 yil - 24 ta ni tashkil etgan.
Axborot xizmati


