12/11/2020

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 44 586,8 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 32,3 % i o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:

- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 11 186,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 8,1 %);

- boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish –  9 634,1 mlrd. so‘m (7,0 %);

- metallurgiya sanoati – 8 187,2 mlrd. so‘m (5,9 %).

Tog‘-kon sanoatida jami 14 186,7 mlrd.so‘m yoki respublika bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 10,3 % i o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibidan 7,7 % i yoki 10 610,9 mlrd. so‘mi xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish sohasiga tegishlidir.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech