Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd AQSH dollariga yoki 21,8 % ga oshgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport – 30,9 mlrd (+26,2 %)
Import – 41,9 mlrd (+18,7 %) AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (20,1 %), Rossiya (16,2 %), Qozog‘iston (6 %), Turkiya (3,7 %) va Koreya Respublikasi (2,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.



