Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 12 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 23,8 ming tonna apelsin import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga oshgan.

2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p apelsin yetkazib bergan davlatlar:

Eron – 12,2 ming tonna

BAA – 3,6 ming tonna

Misr – 2,9 ming tonna

Xitoy – 2,3 ming tonna

JAR – 2 ming tonna

Boshqa davlatlar – 813,6 tonna

xcz2vwhz6pduhcsvvaqsdt-1200-80_p66006