Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Tug‘ilishlar ota-onalarning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Otasining yoshi:

– 25 yoshgacha – 74 946 nafar (11,3 %);

– 25-39 yoshdagilar – 542 512 nafar (81,6 %);

– 40 yosh va undan kattalar – 47 140 nafar (7,1 %).

 

Onasining yoshi:

– 25 yoshgacha – 269 823 nafar (40,6 %);

– 25-39 yoshdagilar – 385 424 nafar (58 %);

– 40 yosh va undan kattalar – 9 351 nafar (1,4 %).

mother_p32014