Joriy yilning 12- noyabr kuni Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hamkorligida “BRM ko'rsatkichlarini to'plash va tarqatishda O’zbekiston tajribasi” mavzusiga bag’ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Davlat statistika qo’mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va Islom davlatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi (SESRIC) general direktori Nebil Dabur ochib berishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – BRM ko'rsatkichlariga oid rasmiy statistikani rivojlantirish, BRM ko'rsatkichlarini to'plash va tarqatishda O’zbekiston tajribasi tahlil qilish, ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish hamda statistika sohasida o’zaro tajriba almashishdan iborat.

Tadbirda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig’i Jaxongir Qambarov “BRM indikatorlarini tarqatish bo'yicha Davlat statistika qo'mitasining tajribasi” va bo'lim boshlig'i o’rinbosari Olga Aleshulina “Davlat statistika qo'mitasining BRM ko'rsatkichlarini to'plash va taqqoslash bo'yicha tajribasi” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Shuningdek, uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobot masalalarini ko‘rib chiqish, rasmiy statistikada noan’anaviy ma’lumot manbalarini qo‘llash va boshqa bir qator masalalar ko’rib chiqildi.

Ma'lumot uchun: SESRIC – Islom mamlakatlari uchun statistikiqtisodiyijtimoiy va kadrlar tayyorlash markazi bo'libIslom hamkorlik tashkiloti (IHTstatistika komissiyasining byurosi va Ijroiya organi hisoblanadi.

Axborot xizmati