Jami transport xizmatlari hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 54,6 % ni tashkil etib, bu ko’rsatkich 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 7,7 f.p. ga yuqori bo'ldi.

Transportning ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli, eng ko'p talabga ega hisoblanadi. Joriy davrda avtomobil transporti xizmatlari hajmi 3,3 % ga o'sdi.

O‘z navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yo‘l transporti xizmatlarinig ulushi 15,2 % ni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 109,6 % ga yetdi.

Axborot xizmati