2020- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni 2019- yilning mos davriga nisbatan 9 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 244,2 ming boshga yetdi.
Respublikadagi jami otlarning 78,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 17,8 % i fermer xo‘jaliklariga, 3,9 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keldi.

2019- yilning mos davriga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 17,3 % va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 0,7 % hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 14,6% o‘sish kuzatildi.
Hududlar o‘rtasida otlar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Toshkent viloyatiga (20,9 %) to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yuqori ulush Qashqadaryo (13,2 %), Jizzax (10,9 %) va Samarqand (10,9 %) viloyatlarida ham qayd etildi.
Axborot xizmati


