Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati 5,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,8 ming tonna limon eksport qilgan.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 764 tonnaga yoki 25 foizga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p limon yetkazib bergan davlatlar:
Qozog‘iston – 1 827 tonna;
Rossiya – 1 740 tonna;
Qirg‘iz R. – 236,5 tonna;
Belarus – 4,7 tonna;
BAA – 3,8 tonna;
Boshqa davlatlar – 3,9 tonna.



