2020- yilning 13- noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Xalqaro valyuta jamg'armasining texnik ko‘mak missiyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlarini tarqatishning ijtimoiy standarti tavsiyalariga muvofiq, tashqi qarz va zaxira aktivlari ko'rsatkichlarini tuzish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg'armasining texnik ko‘mak missiyasi vakili Vaxtang Pxakadze hamda Davlat statistika qo’mitasi bo'lim boshliqlari Javlon Saipov va Bahodir Jabbarov o‘zaro fikr almashdi.

Qatnashchilar tadbir davomida xorijiy investitsiyalar kuzatuvini muvofiqlashtirish masalasida o'z tavsiyalarini bildirdi. Xorijiy investitsiyalar kuzatuvini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Tadbir so’nggida ishtirokchilar statistika sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelishib oldilar.
Axborot xizmati


