Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilda jami 313,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,2 % ga o‘sgan.
Bajarilgan qurilish ishlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-dekabr):
2022-yil – 130,7 trln so‘m
2023-yil – 222,9 trln so‘m
2024-yil – 259,6 trln so‘m
2025-yil – 313,8 trln so‘m



