Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda 13 ta xorijiy davlatga qiymati 6,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 77 891 dona gazplita eksport qilgan.
Eksport hajmi 2024-yilga nisbatan qariyb 17 ming donaga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p gazplita yetkazib bergan davlatlar:
Qozog‘iston – 42 931 dona;
Tojikiston – 22 320 dona;
Rossiya – 3 755 dona;
Qirg‘iz R. – 3 201 dona;
Ukraina – 2 549 dona;
Boshqa davlatlar – 3 135 dona.



