16/11/2020

2020- yil 1- yanvar holatiga jami temir yo’llarning foydalaniladigan uzunligi 6 150,2 km ni, ulardan, umumfoydalanadigan temir yo’llar uzunligi 4 735,1 km ni tashkil etdi.

Umumfoydalanadigan temir yo’llar uzunligida elektrlashtirilgan yo’llarning ulushi 38,7 % ni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 f.p. ga yuqori bo'ldi.

Jumladan, elektrlashtirilgan temir yo’llarning umumiy uzunligida eng yuqori ulush Toshkent (20,6 %), Qashqadaryo (17,5 %), Samarqand (13,4 %) hamda Surxondaryo (10,6 %) viloyatlari hissasiga to’g’ri keldi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech