Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):
Xitoy – 17,2 mlrd
Rossiya – 13 mlrd
Qozog‘iston – 5 mlrd
Turkiya – 3 mlrd
Koreya Respublikasi – 1,7 mlrd
Afg‘oniston – 1,7 mlrd
Germaniya – 1,4 mlrd
Fransiya – 1,4 mlrd
Hindiston – 1,3 mlrd
BAA – 1,3 mlrd
*Raqamlar yaxlitlangan.



