Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokida jami 414 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 141 tasi qo‘shma va 273 tasi xorijiy korxonalardir.
O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri – 304 ta
Toshkent viloyati – 32 ta
Samarqand viloyati – 16 ta
Farg‘ona viloyati – 4 ta
Andijon viloyati – 8 ta
Jizzax viloyati – 6 ta
Buxoro viloyati – 7 ta
Namangan viloyati – 6 ta
Surxondaryo viloyati – 1 ta
Xorazm viloyati – 2 ta
Navoiy viloyati – 5 ta
Sirdaryo viloyati – 11 ta
Qashqadaryo viloyati – 4 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8 ta



