Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda respublika bo‘yicha jami 925,1 km suv tarmog‘i ishga tushirilgan.
Ularning 80,5 foizi yoki 745 km qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida ishga tushirilgan suv tarmog‘i:
Jizzax viloyati — 410,4 km;
Farg‘ona viloyati — 173,4 km;
Xorazm viloyati — 81,3 km;
Surxondaryo viloyati — 80,1 km;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 70,2 km;
Sirdaryo viloyati — 41,7 km;
Qashqadaryo viloyati — 36,6 km;
Buxoro viloyati — 31,4 km.



