Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 6,1 foizga oshgan.
Mazkur davrda metropolitendan bir kunda o‘rtacha 785,6 ming nafar yo‘lovchi foydalangan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
2020-yil — 38,8 mln;
2021-yil — 101,8 mln;
2022-yil — 136,7 mln;
2023-yil — 172 mln;
2024-yil — 270,3 mln;
2025-yil — 286,8 mln.



