Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda (o‘tgan yilga nisbatan):

doimiy aholi soni — 2 053 173 kishi (2026-yil 1-yanvar holatiga);

iste’mol narxlari indeksi — 107,5 %;

yalpi hududiy mahsulot hajmi — 7,2 % ga o‘sdi;

sanoat ishlab chiqarish hajmi — 5,3 % ga o‘sdi;

qurilish ishlari hajmi — 11 % ga o‘sdi;

chakana savdo tovar aylanmasi hajmi — 10,3 % ga o‘sdi;

bozor xizmatlari hajmi  — 13,7 % ga o‘sdi;

tashqi savdo aylanmasi hajmi — 24,2 % ga o‘sdi;

eksport hajmi — 12,3 % ga o‘sdi;

import hajmi — 41,4 % ga o‘sdi;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 4,9 % ga o‘sdi;

aholining real umumiy daromadlari — 5,1 foizga o‘sdi;

2026-yil 1-yanvar holatiga 30 573 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

photo_2025-07-24_11-25-40_p97630