2020- yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, respublika bo`yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 15,6 % ulush bilan eng katta hissa qo`shdi.

Poytaxtimizda YaHM hajmi 63 598,5 mlrd. so`mni tashkil etdi va 2019- yilning 9 oyligi bilan taqqoslaganda 1,6 % ga kamaydi.

Qurilish tarmog‘ida o‘sish sur’ati 100,7 % ni tashkil etdi (YaHM tarkibidagi ulushi – 10,1 %). Shuningdek, 2019- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasida ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi hamda 96,0 % va 99,8 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqlarning YaHM tarkibidagi ulushi – 36,9 % va 53,0 %).

Aholi jon boshiga YaHM 4,7 % ga kamaydi va 24 338,3 ming so`mni tashkil etdi.

Axborot xizmati