Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025–yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 983 039 tonna uzum yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024–yilga nisbatan 7,6 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 16 236 tonna
Andijon viloyati – 92 057 tonna
Buxoro viloyati – 241 389 tonna
Jizzax viloyati – 38 374 tonna
Qashqadaryo viloyati – 131 708 tonna
Navoiy viloyati – 99 389 tonna
Namangan viloyati – 167 333 tonna
Samarqand viloyati – 696 952 tonna
Surxondaryo viloyati – 94 443 tonna
Sirdaryo viloyati – 18 681 tonna
Toshkent viloyati – 102 198 tonna
Farg‘ona viloyati – 229 063 tonna
Xorazm viloyati – 55 079 tonna
Toshkent shahri – 137 tonna



