Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga oshgan.
Turistlar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar:
Qirgʻiz Respublikasi – 282 798 nafar;
Tojikiston – 244 373 nafar;
Qozogʻiston – 207 858 nafar;
Rossiya – 69 070 ming nafar;
Afgʻoniston – 43 572 ming nafar;
Turkmaniston – 28 150 nafar;
Xitoy – 25 666 nafar;
Turkiya – 12 740 nafar;
Hindiston – 6 095 nafar;
Koreya Respublikasi – 3 237 nafar.



