Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 38,2 ming nafarga yoki 6,9 % ga oshgan.

2026-yilning ilk oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:

Qirg‘iz Respublikasi — 232 174 nafar;

Tojikiston — 98 659 nafar;

Qozog‘iston — 88 012 nafar;

Saudiya Arabistoni — 62 655 nafar;

Rossiya — 32 291 nafar;

Turkiya — 17 288 nafar;

BAA — 16 030 nafar;

Tailand — 6 890 nafar;

Xitoy — 6 117 nafar;

Misr — 4 585 nafar.

uzair_p31264