Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi qariyb 14,4 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yil bilan solishtirilganda 20,7 % o‘sish qayd etilgan.
Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 838,8 mlrd so‘m;
Andijon viloyati – 987,4 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati – 796,5 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati – 468,2 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 1,4 trln so‘m;
Navoiy viloyati – 344,3 mlrd so‘m;
Namangan viloyati – 1,1 trln so‘m;
Samarqand viloyati – 1,8 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati – 781,7 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati – 254,4 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati – 1,5 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 1,5 trln so‘m;
Xorazm viloyati – 995,1 mlrd so‘m;
Toshkent shahri – 1,7 trln so‘m.



