Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2020- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 59,0 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 65,4 %, ayollar - 52,4 %.

Ushbu ko‘rsatkichni shahar va qishloq joylari bo‘yicha tahlil qilsak, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi shahar joylarida - 60,6 % ni, qishloq joylarida esa 57,2 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati


