Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda avtomobil to‘xtash joylari xizmatlari narxlari o‘rtacha 15,5 foizga qimmatlashgan.
Shuningdek, mazkur davrda shaxsiy transport vositalarini yuvish bo‘yicha xizmatlar narxlari o‘rtacha 8 foizga, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar narxlari esa 7 foizga oshgani kuzatilgan.



