Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd AQSH dollariga yoki 29,2 foizga oshgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport – 1,7 mlrd (+26,7 %)
Import – 4,1 mlrd (+30,3 %) AQSH dollarini tashkil etdi.
2026-yilning ilk oyida O‘zbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (27,9 %), Rossiya (18,7 %), Qozog‘iston (7,1 %), Turkiya (3,6 %) va Afg‘oniston (2,4 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.



