2020- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2 067,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davriga nisbatan 103,9 %ni tashkil qildi.

Boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslanganda, meva va rezavorlar yetishtirishning eng katta hajmi 1 268,4 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 61,3 % i dehqon xo‘jaliklarida qayd etildi.

Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,4 %, dehqon xo‘jaliklarida 1,6 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 79,9 % o‘sish kuzatildi.

Meva va rezavorlar yetishtirish umumiy hajmining eng katta ulushi Andijon viloyati  (20,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan bir qatorda, Farg‘ona (14,0%), Samarqand (13,9 %), Buxoro (10,4 %) va Namangan (9,0 %) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

 

Axborot xizmati