Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 7 trln so‘mni tashkil etgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining turlari bo‘yicha hajmi quyidagicha:

Kompyuter dasturlashtirish xizmatlari — 3,01 trln so‘m;

Telekommunikatsiya xizmatlari — 2,37 trln so‘m;

Axborot sohasidagi xizmatlar — 1,03 trln so‘m;

Boshqa xizmatlar — 618 mlrd so‘m.

photo_2026-03-10_11-52-34_p62658