19/11/2020

2020- yilning 18- noyabr kuni Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika boʻyicha onlayn seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Kadirov Abdujalil hamda bosh mutaxassisi Dexkanova Nigora, shuningdek, Sanoat statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Raisova Kseniya ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tashkilotlaridan vakillar, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMTning Rivojlanish boʻyicha dasturi, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ekspertlari ishtirok etishdi.

Vebinardan ko’zlangan maqsad – ishtirokchi davlatlarda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika va koʻrsatkichlarni joriy etish boʻyicha imkoniyatni oshirish, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika va koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va foydalanish bo’yicha ishtirokchilarning salohiyatini oshirish, ushbu sohada tajriba almashishga qaratilgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech