Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda 576,8 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,2 mingtaga yoki 8,3 foizga oshgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 111 137 ta
Toshkent viloyati — 54 273 ta
Samarqand viloyati — 53 475 ta
Farg‘ona viloyati — 49 278 ta
Qashqadaryo viloyati — 44 055 ta
Andijon viloyati — 35 500 ta
Buxoro viloyati — 34 902 ta
Namangan viloyati — 33 776 ta
Xorazm viloyati — 32 069 ta
Surxondaryo viloyati — 32 023 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 29 220 ta
Jizzax viloyati — 26 468 ta
Navoiy viloyati — 24 061 ta
Sirdaryo viloyati — 16 557 ta



